Progress Solution
Progress Solution haqida qisqacha
So‘nggi o‘n yilliklarda inson intellektining ahamiyati oshib, iqtisodiyot bilimga asoslangan
sanoatlar
ixtiyoriga
o‘tmoqda. Yangi texnologiyalar va raqamli tarmoqda axborot oqimining tezlashishi va tahlil qilinishi,
bilimning keng
hajmda ishlab chiqarilishi, tezkor yoyilishi kuzatilmoqda. Jahonning aksar maktablari o‘quvchilarni
sanoat davri uchun
tayyorlashayotgan bir paytda, jamiyat allaqachon axborot texnologiyalari davrida yashamoqda.
Bu
davrga
mos kadrlarni
yetishtirish ta’lim tizimini quyidan isloh qilishni talab qiladi. Vaqt, resurs hamda sa’y-harakat
hisobga olinsa, yuqori
malakali kadrni voyaga yetkazish har bir davlatga qimmatga tushmoqda. Aqliy mehnat sohalarida axborotni
anglash va
o‘zlashtirish juda muhimligi, bunday ko‘nikmalarni bolalikdanoq shakllantirish zarurati maktab ta’limini
mamlakatning
hayot-mamot masalasiga aylantirdi.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim
sohasidagi bugungi
islohotlari natijasida yaqindagina xalq ta’limi
tizimiga
"Prezident maktabi", "Ijod maktabi", "Zamonaviy maktab" tushunchalari kirib kelmoqda, yangi maktablar
qurilishi uchun
tarixda kuzatilmagan miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda. Albatta, zamonaviy ta’lim maskanlaridagi
o‘quvchilarning
taqdirini ta’lim mazmuni, o‘qituvchining pedagogik mahorati belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida
maktab o‘quv
dasturlarini
ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish,
ularni xalqaro
standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.
Kasblar soni chegaralangan, inson qobiliyatining bugun egallangan sarhadlari hali noma’lum bo‘lgan
davrlarda, maktabning
vazifasi odamlarni savodli qilishdan, ularga bilim berishdan iborat bo‘lgan. Bugun esa har birimiz hayot
tarzimiz,
ishlashimiz va o‘zaro munosabatimizni tubdan o‘zgartirgan texnologik inqilob jarayoniga guvoh
bo‘lyapmiz. Bu jarayon
ko‘lami, maqsadi va murakkabligiga ko‘ra, insoniyat shu vaqtgacha boshidan o‘tkazgan o‘zgarishlarga
o‘xshamaydi.
Natijada, bugungi o‘zgarishlarga moslashish, o‘zgarishlarni boshlab berish uchun savodli bo‘lishning
o‘zi kifoya
qilmaydi.
O'zbek